Koʻp beriladigan savollar
Savolingizga javob topolmadingizmi? Menejerimizga yozing yoki qoʻngʻiroq qiling — barchasini tushuntirib beradi.
01Darslar qanday metodika asosida oʻtadi?
Communicative Language Teaching (CLT) asosida: darslar gapirishga qurilgan — juftlik va guruh mashqlari, rol oʻyinlari, muhokama va real hayotiy vaziyatlar. Grammatika va lugʻat ham kontekst ichida, muloqot orqali oʻrganiladi.
02Darslar qancha davom etadi va haftada necha marta boʻladi?
Darslar haftada 3 marta, har biri 1,5 soat. Bundan tashqari, har kuni 30 daqiqa ikkinchi ustoz bilan qoʻshimcha shugʻullanishingiz mumkin.
03Darajamni bilmasam nima qilaman?
Muammo yoʻq. Menejerimiz darajangizni aniqlab, sizga mos guruhni tavsiya qiladi — buning uchun ariza qoldiring yoki qoʻngʻiroq qiling.
04“Ikkinchi ustoz” nima degani?
Darslarni asosiy ustoz (General English, IELTS 7.5+) yoki IELTS instructor (IELTS guruhlari, 8.0+) olib boradi. Ikkinchi ustoz (7.0+) esa har kuni 30 daqiqa siz bilan qoʻshimcha shugʻullanadi: tushunmagan mavzularni tushuntiradi va amaliyot oʻtkazadi.
05Davomat qoidalari qanday?
Tizimimiz talabchan: ketma-ket 3 ta darsni sababsiz qoldirgan oʻquvchi markazdan chetlatiladi. Har 1,5 oyda nazorat imtihoni ham oʻtkaziladi.
06Qaysi filialda oʻqiyman?
IELTS va General English guruhlari Main Branch va New Branch’da. Oʻzingizga qulay manzilni tanlashingiz mumkin.
07Toʻlov qanday amalga oshiriladi?
Toʻlov oylik. Narxga darslar, ikkinchi ustoz bilan mashgʻulotlar, Cambridge University Press darsliklari, yakshanba eventlari va co-working zona kiradi.
08Kitoblar uchun alohida toʻlash kerakmi?
Yoʻq. Soʻnggi nashrdagi Cambridge University Press kitoblari kurs narxiga kiradi.
09IELTS Expert guruhi qancha turadi?
IELTS Expert (8.0+) guruhi narxini menejerimizdan bilib oling — qoʻngʻiroq qiling yoki Telegram orqali yozing.
10Mockni kim topshirishi mumkin?
Hamma — IELTS ZONE oʻquvchisi boʻlishingiz shart emas. IELTS ZONE oʻquvchilari esa 50% chegirmaga ega.
11Speaking qanday oʻtadi?
Speaking imtihoni ekzaminator bilan yuzma-yuz oʻtkaziladi — xuddi real IELTS’dagi kabi.
12Mock qayerda oʻtkaziladi?
New Branch’da: Sayilgoh koʻchasi, 47 (Najot Taʼlim markazi yonida). Listening, Reading va Writing kompyuterda topshiriladi.
13Feedback nimalarni oʻz ichiga oladi?
Har bir boʻlim boʻyicha ball, kuchli va zaif tomonlaringiz tahlili hamda imtihongacha nimalar ustida ishlash kerakligi boʻyicha aniq tavsiyalar.
Savollaringiz qoldimi?
Biz bilan bogʻlaning!
Maʼlumotlaringizni qoldiring — menejerimiz tez orada qoʻngʻiroq qilib, darajangizni aniqlashga va guruh tanlashga yordam beradi.
Rahmat! Arizangiz qabul qilindi
Menejerimiz tez orada siz bilan bogʻlanadi. Shoshilinch boʻlsa, Telegram orqali yozing.
- +998 55 512 75 55
- @IELTSZONE_manager
- Har kuni 08:00–20:00