Biz haqimizda

Fargʻonada ingliz tili taʼlimining yangi standarti

IELTS ZONE Fargʻona — oʻquvchilar soni boʻyicha shahardagi eng yirik ingliz tili, IELTS va CEFR markazi.

Bizning yondashuv

Biz uchun ingliz tili shunchaki dars emas, balki muhit. Shuning uchun IELTS ZONE’da oʻquvchi darsdan tashqari ham ingliz tili bilan yashaydi: har kuni ikkinchi ustoz bilan 30 daqiqalik mashgʻulot, co-working zonada mustaqil tayyorgarlik, yakshanba kunlari esa eventlar.

Darslarimiz CLT (Communicative Language Teaching) metodikasiga asoslangan: oʻquvchi birinchi darsdanoq gapiradi, grammatika va lugʻat esa real muloqot orqali oʻrganiladi.

Shu bilan birga, biz talabchanmiz. Har 1,5 oyda nazorat imtihoni, qatʼiy davomat qoidalari va doimiy trainingdan oʻtadigan ustozlar — bularning barchasi bitta maqsadga xizmat qiladi: har bir oʻquvchi eng yuqori natijaga erishsin.

Oʻquvchilarimiz nafaqat Fargʻona shahridan, balki viloyatning turli, hatto uzoq tumanlaridan ham keladi.

  • 2000+faol oʻquvchi
  • 3filial Fargʻona shahrida
  • 8.0+IELTS instructorlarimiz darajasi
  • 3+yillik tajriba
IELTS ZONE

Oʻquv tizimimiz

  1. 01

    Darajani aniqlash

    Menejerimiz darajangizni aniqlab, sizga mos guruhni tavsiya qiladi.

  2. 02

    Ikki ustoz bilan oʻqish

    Haftada 3 marta asosiy ustoz yoki IELTS instructor bilan dars, har kuni esa ikkinchi ustoz bilan 30 daqiqalik amaliyot.

  3. 03

    Har 1,5 oyda nazorat

    Imtihon moderatorlari nazorat imtihoni oʻtkazadi; topshirganlar keyingi bosqichga oʻtadi.

  4. 04

    Practice ZONE va mock

    Kompyuterda imtihon muhitiga koʻnikasiz va CDI mock’larda oʻzingizni sinaysiz.

  5. 05

    Real IELTS

    Imtihonga tayyor holda kirasiz — natijangizni esa butun Fargʻona koʻradi.

Aloqa

Yuqori natija sari birinchi qadam

Darajangizni aniqlaymiz, mos guruhni tanlaymiz va savollaringizga javob beramiz.

Kursga yoziling

Maʼlumotlaringizni qoldiring — menejerimiz tez orada qoʻngʻiroq qiladi.

Maʼlumotlaringiz faqat siz bilan bogʻlanish uchun ishlatiladi.